Dastur haqida
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat sohalari: ta’lim, ijtimoiy soha va sog‘liqni saqlash muassasalari negizida intellektual buzilishlari bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishni o‘z ichiga oladi.
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat obyekti: korreksion-rivojlantiruvchi (o‘quv-tarbiyaviy) va reabilitatsiya jarayonlari; korreksion-ta’limiy, reabilitatsiya, ijtimoiy moslashtirish va umumiy ta’lim tizimlari.
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat turlari: korreksion-pedagogik; diagnostik-maslahat; tadqiqot; madaniy-ma’rifiy.









