Dastur haqida
Dastur talabalarga ta’lim jarayonini amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalarini o‘zlashtirish, o‘quv va uslubiy ta’lim mahsulotlarini loyihalash hamda yaratish, amaliyotni tashkil etish, ta’lim natijalarini baholash, shuningdek, kelgusi faoliyati va kasbiy istiqbollarini rejalashtirish imkonini beradi.
Bitiruvchilar soha texnologiyalarini ta’lim jarayoniga moslashtira oladilar hamda o‘rta kasb-hunar ta’limi tizimidagi muassasalarda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish uchun o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqadilar.









