Dastur haqida
Mazkur dastur ekologiyani biogeotsenozlar sharoitida turli organizmlar populyatsiyalari dinamikasini tavsiflovchi umumbiologik fan sifatidagi zamonaviy tasavvurlarga asoslangan. Ekologiya (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim dasturini o‘zlashtirish ekologiya sohasida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan zoologik obyektlarda tadqiqot usullarining nazariy asoslari va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga, tabiiy tizimlarning bazaviy parametrlarini aniqlashga qaratilgan. Shuningdek, biotaning moslashuv imkoniyatlarini baholash hamda tabiiy tizimlar tarkibiy qismlarining spontan va antropogen jihatdan o‘zgartirilgan muhit sharoitidagi dinamikasini aniqlashni nazarda tutadi.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Ekolog kasbining yo‘nalishlaridan biri ta’lim, konsalting xizmatlari, mahalliy yoki davlat muassasalari bilan bog‘liq sohalarda faoliyat yuritib, dala va laboratoriya tadqiqotlarini olib borishdir.
Shuningdek, yovvoyi tabiat bo‘yicha mutaxassis, o‘rmonchi yoki tabiatshunos sifatida faoliyat yuritish ham mumkin. Bunday mutaxassislar atrof-muhitni yaxshilash maqsadida tabiiy resurslardan foydalanishni tahlil qilish va oqilona tashkil etishga yordam beradi.
Yana bir kasbiy yo‘nalish — ekolog-muhandis bo‘lib, u ekotizimlarni yaxshilash va muhofaza qilishga xizmat qiladigan dasturlarni muvofiqlashtirish hamda tabiiy resurslarni boshqarish bilan shug‘ullanadi.