Dastur haqida
Yo‘nalish bitiruvchilari raketa-kosmik texnika obyektlarining ishlashi, raketa-kosmik tizimlarni loyihalash, konstruktsiyalash, ishlab chiqarish bilan bog‘liq texnika va texnologiyalar bilan shug‘ullanadilar. Talabalar raketa-kosmik tizimlarni loyihalash va konstruktsiyalashni, mahsulot turini, raketa-kosmik kompleksning tarkibini va uning ichki o‘zaro bog‘liqliklarini, raketa kompleksi va kosmik apparat tarkibiga kiruvchi mahsulotning tashqi ko‘rinishini aniqlashni o‘rganadilar.



