Dastur haqida
Ordinator bo‘lim hayotiga faol integratsiyalashadi, xodimlar bilan ham, bemorlar bilan ham to‘g‘ri muloqot qilishni, kasallik tarixlarini to‘g‘ri to‘ldirishni o‘rganadi; simulyatsion trenajyorlarda amaliy ko‘nikmalarni mashq qilib, tajribali shifokorlar qat’iy nazorati ostida o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashni boshlaydi. U akusherlik va ginekologiya klinikasida, diagnostik uskunalarda amaliy ish ko‘nikmalarini egallaydi, funksional diagnostika usullarini, kichik akusherlik va ginekologik operatsiyalar uslublarini, operativ tug‘ruqni yakunlash usullarini, shuningdek ginekologiyadagi asosiy operatsiyalarni o‘zlashtiradi. Ta’limning yakuniy maqsadi - tanlangan mutaxassislik bo‘yicha mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdir.










