Dastur haqida
Animatsiya va kompyuter grafikasi rassomi — audiovizual media kontentining muallifi va ishlab chiquvchisidir. Ta’lim jarayoni mumtoz san’at fanlarini (akademik rasm, maxsus rangtasvir, anatomiya) hamda zamonaviy raqamli ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. Talabalar animatsion va media asarlarini yaratishning to‘liq siklini — ssenariy g‘oyasi, storyboard va konsept-artdan tortib, rejissura, 2D/3D animatsiya, postprodakshn va sun’iy intellektdan foydalanishgacha — o‘zlashtiradilar.












