Dastur haqida
Dastur fuqarolik-huquqiy, korporativ va tadbirkorlik munosabatlarini samarali huquqiy ta’minlay oladigan xususiy huquq sohasidagi yuristlarni tayyorlaydi. Talabalar fuqarolik, korporativ, oilaviy, meros, shartnoma va xalqaro xususiy huquqni, shuningdek, huquqlarni sud orqali himoya qilish va nizolarni hal etish masalalarini chuqur o‘rganadilar. Fuqarolik qonunchiligidagi zamonaviy o‘zgarishlarga, biznesni huquqiy ta’minlashga va xususiy huquq normalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.









