Dastur haqida
Dastur quyidagi kasbiy faoliyat sohalarida ishlash uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan: qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash; shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish. «Sud faoliyati» ixtisoslashuvi huquqni qo‘llash, huquqni muhofaza qilish va inson huquqlarini himoya qilish sohalarida fundamental bilim va kompetensiyalarga, konstitutsiyaviy, fuqarolik, arbitraj, jinoyat va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohalarida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga, yuksak huquqiy madaniyat va huquqiy ongga, kasbiy etika va burch tuyg‘usiga ega malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.








