Dastur haqida
Nazariy-tarixiy huquqiy fanlar — huquqiy normalarni amaliyotda qo‘llash bilangina cheklanib qolmay, huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va faoliyat yuritishining chuqur qonuniyatlarini anglashni, huquqiy tartibga solishning tarixiy tajribasini tahlil qilishni hamda zamonaviy qonunchilikni takomillashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqishni istaganlar uchun mo‘ljallangan dasturdir. Siz davlat va huquqni nazariy-huquqiy jihatdan tahlil qilishni (huquqning mohiyati, prinsiplari, funksiyalari va amalga oshirish mexanizmlarini tadqiq etishni), tarixiy-huquqiy manbalar va hujjatlar bilan ishlashni, qiyosiy huquqshunoslik, germenevtika hamda tarixiy-huquqiy tadqiqotning zamonaviy usullaridan foydalanishni o‘rganasiz.











