Dastur haqida
«Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar» profilining mazmuni siyosiy makonning mohiyatiy, institutsional, protsessual va texnologik xususiyatlarini, siyosiy o‘zgarishlarning o‘ziga xos jihatlarini, siyosiy jarayonning asosiy subyektlarini hamda zamonaviy sharoitlarda siyosiy safarbarlik texnologiyalarini o‘rganishni qamrab oladi. Mazkur profil doirasidagi tadqiqot obyektlari siyosiy tizimlar va siyosiy rejimlar, ijtimoiy-siyosiy transformatsiya jarayonlari, siyosiy boshqaruv tamoyillari va mexanizmlaridan iborat.





