Dastur haqida
Jahon tarixi — jahon-tarixiy jarayonining fundamental muammolarini tadqiq etadigan, insoniyat tarixini ibtidoiy davr va ilk sivilizatsiyalarning vujudga kelishidan to hozirgi kungacha o‘rganadigan, dunyo mintaqalari, mamlakatlari va xalqlarining (Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Lotin Amerikasi, Avstraliya) turli xronologik davrlar va tarixiy bosqichlardagi ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, sivilizatsiyaviy hamda madaniy rivojlanishining ko‘p variantliligini tahlil qiladigan, tarixiy voqelikni muayyan tarixiy, qiyosiy, fanlararo va nazariy jihatlardan yoritadigan tarix fanining sohasidir.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Aspirantura bitiruvchilari ilmiy, ta’lim, madaniyat, davlat boshqaruvi va tahliliy sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin:
- Akademik institutlar, universitetlar va tadqiqot markazlarida ilmiy xodim.
- Tarix, madaniyatshunoslik va xalqaro siyosat fanlari bo‘yicha oliy ta’lim o‘qituvchisi.
- Davlat, jamoat va ekspert-tahliliy tashkilotlarda tarixchi-analitik yoki ekspert.
- Davlat hokimiyati organlari va xalqaro tashkilotlarda mutaxassis.
- Arxivlar, muzeylar, kutubxonalar hamda madaniy-ma’rifiy muassasalarda xodim.
- Ko‘rgazma, madaniy va xalqaro gumanitar loyihalar kuratori.
- Tarixchi, muharrir yoki jurnalist va boshqalar.