Dastur haqida
Kunduzgi ta’lim dasturi uchta fan — materialshunoslik, biologiya va tibbiyot — tutashgan nuqtada yaratilgan bo‘lib, ilgari ilmiy fantastika mavzusi bo‘lgan g‘oyalarni hayotga tatbiq etish imkonini beradi: shakl xotirasiga ega implantlar va «aqlli» biomateriallar, organlarni chop etish uchun 3D-printerlar, dori vositalarini manzilli yetkazib berish. Ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olish davomida talabalar tibbiyot va bionanotexnologiyalardagi eng yangi ishlanmalar, shuningdek, hali e’lon qilinmagan tadqiqotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ularga ilg‘or tadqiqotlar olib borish va sohani o‘zgartirayotgan real loyihalarda ishlash imkonini beradi.











