Dastur haqida
“Falsafiy antropologiya: o‘zgarayotgan dunyoda inson” dasturi jahon jarayonlarining o‘zgaruvchanligi, zamonaviy insonning ijtimoiy va madaniy amaliyotlari xilma-xilligini hisobga oladigan zamonaviy falsafiy hamda ijtimoiy-gumanitar bilimlar sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Dasturning o‘ziga xosligi va jozibadorligi uning fanlararo yondashuvga yo‘naltirilganida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilmiy-tadqiqot ishlariga nafaqat ijtimoiy-gumanitar, balki tabiiy hamda fizika-matematika fanlari sohalaridagi bakalavrlar va mutaxassislarni ham jalb etish imkonini beradi.








