Dastur haqida
Agar siz chuqur nazariy bilimlarga asoslangan zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida amaliy ko‘nikmalarni egallashni, tadqiqot tajribasiga ega bo‘lishni va turli fan sohalariga oid ma’lumotlarni tahlil qilishni o‘rganishni istasangiz, ushbu magistratura ta’lim dasturi siz uchun.
Dastur IT-mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, dasturiy injiniringning dolzarb texnologiyalarini, jumladan, neyron tarmoqlar, ma’lumotlarni tahlil qilish usullari, mikroservis arxitekturalari, bulutli va gibrid hisoblash texnologiyalari hamda sanoatni avtomatlashtirish texnologiyalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan.








