Dastur haqida
Amaliy matematika va sun’iy intellekt (SI) bo‘yicha ushbu innovatsion oliy ta’lim dasturi AI Researcher va AI Architect kabi professional rollarda faoliyat yuritadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. 5 yillik ta’lim muddati 4 yillik dasturlarga nisbatan amaliy matematika sohasida muhim afzalliklarni beradi: yangi matematik modellar, sun’iy intellektning ilg‘or texnologiyalari, arxitekturalari va mashinaviy o‘qitish algoritmlarini tadqiq etish hamda yaratishga e’tibor qaratiladi.







