Dastur haqida
«Psixologiya» bakalavriat dasturi psixikaning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, psixologik fenomenlar va kategoriyalar, ularni o‘rganish metodlari, individ, guruh va hamjamiyat darajasida psixologik aralashuvning asosiy yondashuvlari va dasturlari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari, shuningdek, psixodiagnostika metodikalarini ishlab chiqish va qo‘llashning asosiy standartlari hamda tamoyillari haqida fundamental bilimlarni egallashga yo‘naltirilgan. Dasturning o‘ziga xosligi fundamental akademik tayyorgarlikni amaliy ko‘nikmalarni egallash bilan uyg‘unlashtirishidadir.







