Dastur haqida
Dastur prokuratura organlarining barcha funksiyalarini samarali amalga oshirishni ta’minlaydigan keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lgan yuristlarni tayyorlashga qaratilgan. Prokuratura faoliyat yo‘nalishlarini, prokuror nazoratini amalga oshirishda prokurorning vakolatlarini, prokuraturaning xalqaro hamkorligini; jinoyatchilikka qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni; prokuraturaning normativ-huquqiy faoliyatini, shuningdek, prokurorlarning ishlarni sudlar tomonidan ko‘rib chiqishda ishtirok etish xususiyatlarini batafsil o‘rganish.







