Dastur haqida
“Tijoratda marketing va logistika” ta’lim dasturi savdo ishi sohasida yuqori malakali bakalavrlarni tayyorlaydi. Dastur ularga ko‘p bosqichli iqtisodiyotda talab etiladigan hamda savdoning turli sohalarida muvaffaqiyatli ishlash imkonini beradigan kompetensiyalar majmuini beradi.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Savdo korxonasi administratori, distribyutor, mijozlar bilan ishlash menejeri, tijorat agenti, tijorat direktori, logistika mutaxassisi, tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha menejer va boshqalar. Bitiruvchi xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari va tashkilotlarida, ulgurji va chakana savdoda, yirik korxonalarning ta’minot, sotuv, logistika va marketing bo‘linmalarida, kichik va o‘rta biznes korxonalarida (jumladan, savdo sohasida o‘z biznesini tashkil etib, rivojlantirayotgan tadbirkor sifatida faoliyat yuritadigan korxonalarda) kasbiy faoliyat olib borishi mumkin.