Dastur haqida
Dastur biologiya va tibbiyotda muhandislik tamoyillarini qo‘llash uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi. Bionjeneriya sohasi gen va oqsil injiniringidan tortib, to‘qima injiniringi va regenerativ tibbiyotgacha bo‘lgan keng ko‘lamli vazifalarni qamrab oladi. Talabalar molekulyar va strukturaviy biologiya, biotibbiy materialshunoslik bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘ladilar, shuningdek, proteomika, genomika va metabolomikaning amaliy usullarini o‘zlashtiradilar. Dastur bitiruvchilarni belgilangan xossalarga ega biologik molekulalar va organizmlarni yaratishga, inson va hayvonlarning ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarini davolash uchun yangi terapevtik yondashuvlarni ishlab chiqishga tayyorlaydi.










