Dastur haqida
Dastur korxonalardagi ekologiya bo‘limlari rahbarlarini, davlat ekologik tuzilmalari va xususiy kompaniyalar uchun ekolog-mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Dastur ekologik nazorat usullari, sanoat va maishiy chiqindilarni qayta ishlash hamda utilizatsiya qilishning innovatsion usullari, atmosfera havosini chiqindilardan va suv obyektlarini oqava suvlar tashlamalaridan tozalash usullari, shuningdek, aylanma iqtisodiyot tamoyillari va urbanizatsiyalashgan hududlarning ekologik xavfsizligi bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim olish imkonini beruvchi maxsus fanlarni o‘z ichiga oladi.
Dastur professor-o‘qituvchilari talabalar bilan birgalikda turli ekologik loyihalarda ilg‘or innovatsion vazifalar ustida ishlaydi










