Dastur haqida
Ushbu ta’lim yo‘nalishi yengil sanoat, arxitektura (interyer va eksteryer), dekorativ-amaliy san’at, restavratsiya va muzeyshunoslik sohalarida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardan biridir. Chunki mazkur yo‘nalish bitiruvchisi barcha texnologik jarayonlarni hisobga olgan holda dekorativ-amaliy san’at buyumlarini malakali loyihalashi, turli marka va sinflarga mansub materiallarni tanlash va qayta ishlashda ularning mosligini hamda ishlov berish texnologiyalarini bilishi kerak. Mutaxassislar badiiy-dizayn yechimlarini loyihalash, tayyorlash va amalga oshirish, badiiy-sanoat mahsulotlarini tayyorlash uchun ishlab chiqarish uchastkalari va ustaxonalarni tashkil etish, shuningdek, zamonaviy uskunalardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.












