Dastur haqida
Tarmoq va tizim administratori kompyuter tarmoqlarining texnik hamda dasturiy-apparat vositalarini, turli tarmoq konfiguratsiyalarini o‘rnatadi, sozlaydi, ishlatadi va ularga texnik xizmat ko‘rsatadi, lokal hisoblash tarmoqlarini boshqaradi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Tarmoq infratuzilmasi obyektlari va ish stansiyalarida profilaktika ishlarini olib boradi.
Taqdim etilayotgan tarmoq xizmatlarining maksimal barqarorligini ta’minlaydi, tarmoq infratuzilmasi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.











