Dastur haqida
Dasturning мақсади — biologik tizimlarni xo‘jalik va tibbiy maqsadlarda tadqiq etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlash. Ta’lim davomida talabalar biologik, bioinjenerlik, biotibbiy va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalarini, shuningdek, biologik resurslarni monitoring qilish va tiklash usullarini o‘zlashtiradilar. Fanlarning maxsus bloki bitiruvchilarni pedagogik faoliyatga ham tayyorlaydi. Bakalavriat dasturi talabalarga tegishli sohalarda yanada chuqur bilim olishga yo‘naltirilgan uchta tayyorgarlik profilini («Moslashuv jarayonlari biokimyosi va fiziologiyasi», «Genetika, mikrobiologiya va biotexnologiya», «Ekotizimlarning barqaror rivojlanishi») o‘z ichiga oladi.









