Dastur haqida
Ushbu yo‘nalishda ta’lim oluvchi Yer haqidagi turli fanlar: meteorologiya, geografiya, okeanologiya, klimatologiya, gidrologiya, shuningdek, matematika, fizika va axborotni qayta ishlashning eng yangi texnologiyalari bo‘yicha fundamental bilimlarni egallaydi.
Ushbu yo‘nalishda tahsil olayotganlar atmosfera jarayonlarini tahlil qilish va modellashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar, gidrometeorologik axborotni olishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda iqlim o‘zgarishlari va atmosferaning ifloslanish sharoitlarini baholashni, turli muddatlarga mo‘ljallangan meteorologik ob-havo prognozlarini tuzishni va boshqa ko‘plab ishlarni o‘rganadilar.









