Dastur haqida
Bitiruvchi quyidagi sohalarda kasbiy faoliyat olib borishi mumkin: aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (axborot texnologiyalari va tizimlarini tadqiq etish, ishlab chiqish, joriy etish va ularga xizmat ko‘rsatish sohasida); sanoatdagi faoliyatning tarmoqlararo yo‘nalishlari (informatika va hisoblash texnikasi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish va o‘tkazish sohasida). Kasbiy faoliyat obyektlari — axborot jarayonlari, texnologiyalari, tizimlari va tarmoqlari; axborot tizimlari va texnologiyalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish usullari hamda metodlari; axborot texnologiyalari sohasidagi texnik hujjatlar.









