Dastur haqida
Mazkur yo‘nalish fan va texnika sohasiga taalluqli bo‘lib, unda turli funksional maqsadlarga mo‘ljallangan elektron tuzilmalar, asboblar va qurilmalar, shuningdek vakuum, plazma, qattiq jismli, o‘ta yuqori chastotali, optik, mikro- va nanoelektronika qurilmalarini nazariy va eksperimental tadqiq etish, matematik modellashtirish, loyihalash, konstruksiyalash, ishlab chiqarish texnologiyasi, ulardan foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari va metodlari o‘rganiladi.









