Dastur haqida
Ta’lim dasturi keng ko‘lamli muammolarni, jumladan, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy holatidagi turli jarayonlarni, shuningdek, uning rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalarini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlarni tayyorlash va o‘tkazish; turli xildagi empirik axborotni qayta ishlash; zamonaviy jamiyatning ijtimoiy ahamiyatga ega muammolari va jarayonlarini o‘rganishda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish natijalari yuzasidan ilmiy hisobotlar va tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash hamda taqdim etish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.









