Dastur haqida
Siz analitik fikrlashga va ijodiy izlanish ruhiga egamisiz? Atrofingizdagi makonni o‘zgartirib, uni qulay va xavfsiz qilishni orzu qilasizmi? Talabalarimiz bu kasbni ijod bilan shug‘ullanish va insonlar hayoti sifatiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati tufayli tanladilar. Siz loyihalarni boshqarish ko‘nikmalarini egallaysiz, ijodiy qobiliyatlaringizni namoyon etasiz va zamonaviy IT texnologiyalarini o‘zlashtirasiz. Tasviriy san’at, kompyuter grafikasi hamda arxitektura va dizayn loyihalashni o‘rganasiz. O‘zingizga xos ijodiy asarlar yaratib, hali ta’lim olayotgan paytingizdayoq professional e’tirofga sazovor bo‘lasiz. Dasturning o‘ziga xos jihati “ustoz-shogird” tamoyili asosida olib boriladigan katta hajmdagi individual ishdir. Har yili talabalarimiz…









