Dastur haqida
Magistrlarni tayyorlashning maqsadlari: 1. Magistrlarni ilmiy-ta’lim majmuasi tashkilotlarida va sanoat korxonalarida (mashinasozlik ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish, mexanizatsiyalash va robotlashtirish sohalarida) ilmiy-tadqiqot hamda muhandislik faoliyatiga tayyorlash.
2. Magistrlarni sanoatning, shu jumladan mudofaa, energetika, transport, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi sohalarida avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlar, boshqarish va nazorat vositalari, shuningdek, ularning matematik, algoritmik, dasturiy va axborot ta’minotini tadqiq etish hamda ishlab chiqarish sinovlaridan o‘tkazishga tayyorlash.











