Dastur haqida
Ushbu yo‘nalishdagi kasbiy faoliyat sohasi raqobatbardosh mashinasozlik mahsulotlarini yaratishga qaratilgan tadqiqotlar, ishlanmalar va texnologiyalarni, shuningdek, loyihalashning zamonaviy usul va vositalari, texnologik jarayonlarni matematik, fizik hamda kompyuterda modellashtirishni qo‘llashga asoslangan faoliyatni; mashinasozlik ishlab chiqarishining texnologik uskunalarini yaratish, montaj qilish, ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish, ishlatish, diagnostika qilish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va bajarishni; detallar va uzellarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.








