Dastur haqida
Kasbiy faoliyat sohasi: moddalarni nanoo‘lchamli holatda fizik, kimyoviy, mexanik, biologik va maxsus xossalarini tadqiq etish, nanosistemalar, nanomateriallar va ular asosidagi buyumlarni diagnostika qilish; belgilangan xossalarga ega noorganik va organik tabiatli nanomateriallar hamda nanosistemalarni (jumladan, klasterlar, fullerenlar, nanotubalar, nanodispers kukunlar, nanostrukturali plyonkalar va qoplamalarni) qattiq, suyuq, gelsimon va aerozol holatlarida shakllantirish va modifikatsiyalash jarayonlari; ularni olish, modifikatsiyalash va ekspluatatsiya qilish bosqichlaridagi fazaviy va kimyoviy o‘zgarishlar; turli tabiat va maqsadga ega nanomateriallar hamda nanosistemalarni sintez qilish usullarini ishlab chiqish.








