Dastur haqida
(Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash)
Bitiruvchi agrosanoat majmuasi korxona va tashkilotlarida, avtotransport korxonalarida, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi zavod va firmalarda, ta’mirlash korxonalarida, dehqon va fermer xo‘jaliklarida, shuningdek traktorlar, avtomobillar va boshqa texnikalardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashni talab qiladigan korxonalarda muhandislik va rahbarlik lavozimlarida ishlashi mumkin.
Mutaxassislar qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish, shuningdek texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar; bunda asosiy e’tibor dehqonchilik va chorvachilikni mexanizatsiyalashga qaratiladi.












