Dastur haqida
(Texnologik jarayonlarni raqamlashtirish va robotlashtirish)
Mazkur yo‘nalish doirasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini raqamlashtirish va robotlashtirish yo‘nalishida texnik va texnologik modernizatsiyani amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va uskunalari, shuningdek, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, raqamlashtirish va robotlashtirish vositalaridan samarali foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlanadi. Talabalar mashinasozlik texnologiyalari, o‘simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun raqamli va robotlashtirilgan tizimlar, mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish, diagnostika qilish va ta’mirlash texnologiyalari sohalarida bilim oladilar.












