Dastur haqida
Moliya sohasidagi yurist — kreditlash va investitsiya faoliyati, kapitalni boshqarish, buxgalteriya hisobi va audit, moliya va soliq organlari, shuningdek, moliyaviy nazorat organlari bilan hamkorlik qilishning huquqiy masalalarini yaxshi biladigan mutaxassis. U moliyaviy faoliyat va shartnomaviy ishlarni tahlil qilish, moliya sohasida ekspertlik faoliyatini amalga oshirish ko‘nikmalariga ega. Moliyaviy operatsiyalar va bitimlarni (kredit bitimlari, qimmatli qog‘ozlar muomalasi va boshqalar) huquqiy jihatdan ta’minlash; kredit va boshqa moliyaviy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda litsenziyalash; xatarlarni huquqiy xedjirlash; valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qonuniyligini tahlil qilish; moliyaviy masalalar bo‘yicha sudda huquqiy himoyani ta’minlashga tayyor.












