Dastur haqida
Kommunikatsiyalarni boshqarish faoliyati mediadan foydalanishdan ajralmasdir. Bugungi kunda media turli ijtimoiy va ishlab chiqarish tashabbuslarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Media — an’anaviy kommunikatsiya kanallari (matbuot, televideniye, radio), shuningdek, yangi kommunikatsiya vositalari (ijtimoiy tarmoqlar, internet)ni o‘z ichiga oladi. Medianing barcha turlarining o‘zaro ta’siri yagona media muhitining shakllanishiga olib keladi va bu muhitning o‘zi axborot, g‘oyalar hamda bilimlarni yetkazishning kuchli vositasiga aylanadi. Magistratura dasturining maqsadi talabalarda eng yangi media texnologiyalaridan foydalanish asosida biznes va ijtimoiy sohada kommunikatsiya jarayonlarini loyihalash, yaratish va rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.












