Dastur haqida
Magistratura dasturi davlat tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, tijorat tashkilotlari va biznes uchun reklama va jamoatchilik bilan aloqalar sohasida magistrlarni kasbiy tayyorlashga yo‘naltirilgan. O‘quv dasturiga reklama va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bazaviy fanlar (Faoliyatning turli sohalarida reklama va jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari; Kontentni ishlab chiqish va ilgari surish va boshqalar), shuningdek, maxsus fanlar (Davlat boshqaruvida nutqiy kommunikatsiyalarni boshqarish, Jamoatchilik bilan aloqalar va davlat xizmatchilarini personifikatsiyalash, Muzokaralar jarayoni va nizolarni boshqarish, Davlat xizmatchilarining kasbiy kompetensiyalari va boshqaruv kommunikatsiyalari, Davlat boshqaruvi tizimida ishbilarmonlik va siyosiy kommunikatsiyalar va boshqalar) kiradi.












