Dastur haqida
Arxitektor-dizayner arxitektura va dizayn sohalarining har ikkisida ham mutaxassis bo‘lib, ushbu bilimlarni turar joy va jamoat binolarini loyihalash, interyerlar hamda landshaft dizaynini ishlab chiqishda uyg‘unlashtiradi.
O‘quv dasturi interyer dizayni; vizual madaniyat asoslari va tili (grafika, koloritika, modellashtirish, raqamli vositalar); shahar muhitini loyihalash; ergonomika; pardozlash materiallari; shahar muhitini yorug‘lik va ranglar bilan tashkil etish hamda zamonaviy yoritish tizimlari; jihozlarni loyihalash va shahar makonlarini landshaft jihatidan tashkil etish kabi qator maxsus fanlarni o‘z ichiga oladi.