Dastur haqida
“Ekologik xavfsizlik” profili bo‘yicha magistratura ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchi ilmiy-tadqiqot, loyihalash-ishlab chiqarish hamda pedagogik faoliyatni amalga oshirishga tayyor. Magistr ilmiy tadqiqot muammolari, vazifalari va usullarini aniqlash hamda tahlil qilish; kuzatuvlar, tajribalar va empirik ma’lumotlarni ilmiy tahlil qilish asosida yangi axborot olish; ilmiy ishlarni referat shaklida bayon qilish, jahon fani va ishlab chiqarish faoliyatida to‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha tahliliy sharhlar tuzish; olingan natijalarni fanda ilgari to‘plangan bilimlar kontekstida umumlashtirish; reprezentativ tadqiqotlar asosida xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish qobiliyatiga ega.












