Dastur haqida
Ta’lim dasturi yuqori malakali IT mutaxassislari, olimlar va tadqiqotchilarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayonida talabalar sun’iy intellektning matematik asoslarini tushunish hamda ma’lumotlarni tahlil qilish, mashinaviy o‘qitish, modellashtirish va dasturiy ta’minot ishlab chiqish uchun murakkab algoritmlar yaratishni o‘rganadilar.












