Dastur haqida
«Biznes ma’muriyati va raqamli innovatsiyalar / Business management and digital innovations» ta’lim dasturi to‘liq ingliz tilida amalga oshiriladi hamda menejment va IT kesishmasida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim tez o‘zgarayotgan raqamli biznes muhitida mas’uliyatli qarorlar qabul qila oladigan, zamonaviy kompaniyalar tarkibidagi funksional bo‘linmalar va loyihalarni boshqaradigan, tadbirkorlik loyihalarini yaratib, rivojlantira oladigan yosh liderlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.











