Dastur haqida
Dastur pedagoglar, boshqaruvchilar, metodik markazlar mutaxassislari va ta’lim jarayonini tashkil etish sohasidagi tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan. Magistratura dasturini o‘zlashtirish ta’lim sohasida samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni egallash imkonini beradi: Ta’lim tizimida qo‘llaniladigan o‘quv materiallari va vositalarining samaradorligini tadqiq etish va baholash ko‘nikmalari;
Ta’lim tashkiloti va pedagoglar jamoasi resurslarini inobatga olgan holda o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish qobiliyati;
Turli turdagi ta’lim resurslari uyg‘unligiga asoslangan o‘quv muhitini yaratish qobiliyati;
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (bolalar-ota-onalar-pedagoglar) rivoji uchun axborot muhitini yaratish qobiliyati









