Dastur haqida
“Internet-marketing” profili marketing sohasida zamonaviy nazariy bilimlarga ega bo‘lgan, ulardan “Internet” axborot-telekommunikatsiya tarmog‘ida ilgari surish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanish ko‘nikmalariga ega yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
«Internet-marketing» yo‘nalishi bitiruvchilari zamonaviy mehnat bozorida talabgir bo‘lib, iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi turli tashkiliy-huquqiy shakldagi (tijorat, notijorat) tashkilotlarda ishlaydi va quyidagi lavozimlarni egallaydi: internet-marketing bo‘yicha mutaxassis, internet-marketolog, marketing bo‘yicha mutaxassis, tahlilchi, reklama menejeri, SMM-marketolog, jamoatchilik bilan aloqalar menejeri.