Dastur haqida
Dastur sanoat, fuqarolik, ijtimoiy maqsadlardagi obyektlarni qurish, qurilish faoliyatini huquqiy tartibga solish asoslari, qurilish xarajatlarini hisoblash va loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish asosida ko'chmas mulk obyektlarini samarali boshqarish sohasida fundamental bilimlarni olishga qaratilgan. Talabalar binolar va inshootlarning hayotiy tsikllarining barcha bosqichlarini loyihalash va boshqarish imkonini beruvchi zamonaviy dasturiy majmualarni o'zlashtiradilar. Tizimli yondashuv, amaliyot bazalari bilan yaqin aloqada bo'lish bitiruvchilarga qurilish sohasida muvaffaqiyatli ishlash, tahlilchi, ekspert, ko'chmas mulk bo'yicha mutaxassis bo'lish imkonini beradi.








