Dastur haqida
«Tarix» bakalavriat dasturi milliy va jahon tarixi sohasida fundamental tayyorgarlik beradi. Talabalar asosiy tarixiy davrlar va mintaqalarni o‘rganadilar, tarixiy manbalar bilan ishlashni hamda ilmiy tadqiqot usullarini — manbashunoslik, yordamchi tarix fanlari va matnlarni tanqidiy tahlil qilishni o‘zlashtiradilar. Tarix yo‘nalishi talabalari G‘arb tillarini (ingliz, fransuz, ispan va nemis tillari), Sharq tillarini (arab, xitoy va fors tillari), shuningdek, lotin tilini o‘rganadilar. Bu nafaqat muloqotni yaxshilaydi, balki ilmiy-tadqiqot izlanishlari, turli xil manbalar va ilmiy adabiyotlarni o‘rganish imkoniyatlarini ham kengaytiradi.












