Dastur haqida
Binolar va inshootlarning konstruksiyalari hamda konstruktiv tizimlarining mexanik xavfsizligi va yong‘inga chidamliligini hisoblash, ularni oqilona loyihalash va optimallashtirishning analitik hamda hisoblash usullarini ishlab chiqish, nazariyasini shakllantirish va rivojlantirish. Konstruktiv tizimlar, yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi konstruksiyalar, materiallarning konstruktiv xususiyatlarini eksperimental tadqiq etishning fizik va sonli usullarini ishlab chiqish. Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlarning kuchlanganlik holati, yashovchanligi, xavfi, ishonchliligi, qolgan resursi va xizmat muddatini baholash nazariyasi hamda usullarini rivojlantirish. Ta’lim rus va ingliz tillarida olib borilishi mumkin.












