Dastur haqida
(Fit osanitar nazorat va o‘simliklarni himoya qilish)
Ushbu ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari agronomiya, o‘simliklarni himoya qilish va fitosanitar nazorat sohalarida fundamental bilimlarga ega bo‘ladilar. O‘quv dasturi o‘simlik kasalliklari va zararkunandalarini aniqlash hamda ularga qarshi kurashish, pestitsidlardan barqaror foydalanish, hosildorlik pasayishining oldini olish tamoyillari va usullariga oid fanlarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim fundamental bilimlarni kasbiy faoliyat sohasidagi amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beruvchi amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvga asoslanadi. Ushbu yo‘nalish doirasida talabalar kasbiy hamda umummadaniy kompetensiyalarni egallaydilar.












