Dastur haqida
Magistratura dasturi teatr va kino san’atining vujudga kelishidan to hozirgi kungacha rivojlanishining asosiy tendensiyalarini, jumladan, zamonaviy tomosha madaniyatida yuz berayotgan jarayonlarni, shuningdek, bugungi teatr va kino sohasining yetakchi namoyandalar ijodini kompleks yondashuv asosida o‘rganishga yo‘naltirilgan. Madaniyatlararo muloqot kontekstida zamonaviy media texnologiyalariga ham e’tibor qaratiladi. Dasturga Antik davrdan XVIII asr oxirigacha bo‘lgan madaniyat tarixi kurslari, teatrshunoslik va kinoshunoslik fanlarining genezisi hamda tarixi bilan bog‘liq bo‘limlar kiritilgan; seminarlarda umumiy ijtimoiy-madaniy muammolar va milliy mentalitet xususiyatlarini hisobga olgan holda turli konsepsiyalar muhokama qilinadi.












