Dastur haqida
Dastur menejment va marketing sohasida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, bu marketolog, digital-marketolog, brend-menejer, shuningdek, biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli karyerani ta’minlaydi. Marketologning kasbiy faoliyati ishlab chiqarish va xizmatlar sohasini rivojlantirish, tovar assortimentini tanlash va o‘zgartirish, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini ta’minlash, shuningdek, tovar va narx siyosatini boshqarish bilan bog‘liq. Dasturda bozor tahlili asosida kompaniyani ilgari surish strategiyasini shakllantirish, reklama kanallari samaradorligini oshirish va yangi kanallarni izlashga katta e’tibor qaratiladi. Dasturining strategik hamkori — NP «Marketingchilar gildiyasi».













