Dastur haqida
«Qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog‘ishtirma tilshunoslik» profilining mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
¬ genetik jihatdan qarindosh tillarni o‘rganish, qarindosh tillar o‘rtasidagi nisbatni aniqlash hamda ularning vaqt va makondagi evolyutsiyasini tavsiflash asosida tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasini ishlab chiqish va rivojlantirish;
¬ tillar o‘rtasidagi genetik munosabatlarning xususiyatidan qat’i nazar, tillarning strukturaviy va funksional xususiyatlarini o‘rganish;
¬ tilning o‘ziga xosligini (tizimli idiomatikligini) izohlash maqsadida uni boshqa tillar bilan tizimli qiyoslash orqali tadqiq etish va tavsiflash;
¬ tarjimashunoslik nazariyasi va metodologiyasini rivojlantirish va boshqalar.





