Dastur haqida
Dastur maqsadi – magistratura bitiruvchisining tarjimonlik vositachilik va madaniy-ma'rifiy missiyasiga tayyorligini shakllantirish, jahon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy, polietnik makonida gumanitar o'zaro hamkorlikning ahamiyatini anglash. Magistratura dasturini o'zlashtirgan bitiruvchilarning kasbiy faoliyat obyektlari tarjima nazariyasi va amaliyoti, madaniyatlararo kommunikatsiya nazariyasi, nazariy va amaliy lingvistika, tarjima o'qitish metodikasi, tarjima va pedagogik loyihalarni boshqarish nazariyasi va amaliyoti hisoblanadi.










